Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil sentyabr
Ushbu sahifa Replix (replix.uz) — O'zbekiston bizneslari uchun CRM, Meta (Instagram/Facebook) reklama monitoring va mijozlar bilan muloqot boshqaruvi platformasi — foydalanuvchi ma'lumotlarini qanday yig'ishi, ishlatishi va saqlashini tushuntiradi.
1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
Ro'yxatdan o'tishda: ism, telefon raqami, email va kompaniya nomi.
Meta (Facebook/Instagram) hisobingizni ulaganingizda — faqat siz o'zingiz Facebook'ning rasmiy ruxsat berish oynasida "Allow"/"Ruxsat berish" tugmasini bosgandan keyin -- quyidagilarga kirish huquqi so'raladi:
pages_show_list,pages_read_engagement— ulangan Facebook sahifangiz nomi va asosiy statistikasiinstagram_basic— ulangan Instagram business akkauntingiz asosiy ma'lumotlariinstagram_manage_messages— Instagram Direct va Facebook Messenger orqali kelgan mijoz xabarlarini o'qish va javob yozish (CRM'dagi "Xabarlar" bo'limi uchun)ads_management,ads_read,business_management— (faqat tarifingiz reklama monitoringni o'z ichiga olsa) reklama hisobingizning xarajat va natija statistikasi
Bundan tashqari, mijozlaringiz bilan Instagram/Facebook orqali yozishgan xabarlar matni CRM'da "Xabarlar" bo'limida ko'rsatish va menejerlarga vazifa sifatida biriktirish maqsadida saqlanadi.
2. Ma'lumotlar qanday ishlatiladi
- Mijozlar (lidlar) ro'yxati va suhbat tarixini CRM interfeysida ko'rsatish uchun
- Menejerlarga yangi mijoz/xabar haqida bildirishnoma (Telegram orqali) yuborish uchun
- Sun'iy intellekt yordamida lid sifatini baholash va tavsiyalar berish uchun
- Reklama xarajati va natijalari bo'yicha hisobot va tahlil ko'rsatish uchun
Ma'lumotlaringiz reklama maqsadida uchinchi tomonlarga sotilmaydi yoki ijaraga berilmaydi.
3. Saqlash va xavfsizlik
Meta orqali olingan kirish tokenlari shifrlangan holda saqlanadi. Har bir kompaniyaning ma'lumotlari boshqa kompaniyalarnikidan texnik jihatdan ajratilgan (multi-tenant arxitektura) — bir kompaniya boshqasining ma'lumotlarini ko'ra olmaydi. Ma'lumotlar hisobingiz faol bo'lgan davrda serverlarimizda saqlanadi.
4. Sizning huquqlaringiz
Istalgan vaqtda Meta ulanishini "Sozlamalar → Ulanishlar" bo'limidan mustaqil ravishda uzishingiz mumkin — bu bilan saqlangan token va ulanish ma'lumotlari darhol o'chiriladi. To'liq hisobingizni va unga tegishli barcha ma'lumotlarni o'chirishni so'rash uchun ma'lumotlarni o'chirish sahifasiga qarang.
5. Aloqa
Savollaringiz bo'lsa, biz bilan bog'laning: +998 50 999 97 33 yoki Telegram orqali.