Ma'lumotlarni o'chirish — Replix

Ma'lumotlarni o'chirish

Oxirgi yangilanish: 2026-yil sentyabr

Replix hisobingiz va unga bog'liq Meta (Facebook/Instagram) ma'lumotlarini o'chirishning ikki yo'li bor:

1. Faqat Meta ulanishini uzish (mustaqil, darhol)

Agar faqat Facebook/Instagram bilan ulanishni uzmoqchi bo'lsangiz (CRM hisobingizning o'zi qolsin), buni istalgan payt o'zingiz mustaqil bajarishingiz mumkin:

  1. Replix'ga kiring va Sozlamalar → Ulanishlar bo'limiga o'ting
  2. "Meta ulanishini uzish" tugmasini bosing

Shu zahoti saqlangan kirish tokeni, sahifa/Instagram akkaunt identifikatorlari va Pixel ma'lumotlari butunlay o'chiriladi. Mijozlar (lidlar) yozuvlari va suhbat tarixi CRM'da qoladi -- chunki ular biznesingizning o'z ma'lumotlari hisoblanadi.

2. Hisobni butunlay o'chirish

Kompaniyangizning Replix'dagi butun hisobini (barcha mijozlar, menejerlar, suhbatlar, Meta ulanish ma'lumotlari va hisobotlar) to'liq o'chirishni so'ramoqchi bo'lsangiz, quyidagi kontaktlardan biri orqali murojaat qiling:

So'rovingizni tasdiqlash (haqiqatan hisob egasi ekanligingizni aniqlash) uchun ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingiz yoki kompaniya nomingizni ko'rsating. Tasdiqlangandan so'ng barcha ma'lumotlar butunlay va qaytarib bo'lmaydigan tarzda o'chiriladi. Faqat qonun talab qiladigan hollarda (masalan, to'lov/buxgalteriya hujjatlari) ayrim yozuvlar qonunda belgilangan muddat davomida saqlanishi mumkin.