Qo'llanma
Replix'ni 15 daqiqada ishga tushiring: qadamma-qadam yo'riqnoma. Savol qolsa — ilovadagi AI-yordamchiga yozing.
1Boshlash
Hammaga- replix.uz → "Bepul boshlash". Kompaniya nomi, login va parol kiriting — 7 kun bepul, karta shart emas.
- Keyingi qadamda biznesingiz haqida 4–5 ta savolga javob bering (mahsulot, auditoriya, narx). AI reklama matni va tahlilni shunga moslaydi.
- Sinov tugashidan oldin Tarif va to'lov sahifasida tarif tanlaysiz.
2Facebook / Instagram (Meta) ulash
Hammaga- Chap menyu → Connection (Akkauntlarni ulash) → "Facebook orqali ulash".
- Facebook oynasida biznes sahifangiz, Instagram akkauntingiz va reklama hisobingizni belgilang, ruxsat bering.
- Bitta sahifa/hisob bo'lsa hammasi avtomatik saqlanadi; bir nechta bo'lsa — kerakligini tanlaysiz. Pixel ham o'zi topiladi.
- Tayyor: Dashboard va Target sahifasida xarajat, lid va CPL ko'rinadi; reklamadan kelgan lidlar CRM'ga o'zi tushadi.
3Telegram bot va guruh
Hammaga- Akkauntlarni ulash sahifasi → "👥 Guruhga qo'shish (bir tugma)". Telegram ochiladi.
- Ish guruhingizni tanlang va botni qo'shing — guruh kompaniyangizga o'zi bog'lanadi.
- "📱 Telegramda shaxsan ulash" — har bir menejer o'z eslatmalarini shaxsiy chatda oladi (Mening profilim sahifasidan ham).
- Guruhga keladi: kunlik hisobot, CPL ogohlantirish/pauza, yangi lidlar. Botga savol ham yozish mumkin (@bot nomi bilan).
4Lidlar va CRM
Biznes egasi- Lidlar sahifasi — barcha mijozlar: manba, holat, mas'ul menejer.
- Lidni oching → holatini o'zgartiring (yangi → aloqa qilindi → sifatli → sotildi). Sotuv summasini kiriting — KPI va ROI shundan.
- Qayta aloqa sahifasida bugun kimga qo'ng'iroq qilish kerakligi ko'rinadi; muddati o'tganlar haqida admin xabar oladi.
5CPL himoyasi (lid narxi)
Hammaga- Sozlamalar → Target avtomatik o'chirish (CPL): maqbul CPL, "o'chirish" chegarasi va minimal xarajatni kiriting (dollarda).
- Rejimni tanlang: "Faqat ogohlantirish" (targetologlar uchun) yoki "Avtomatik pauza" (biznes egalari uchun, tavsiya).
- Har 15 daqiqada tekshiriladi; kuniga ko'pi bilan 10 ta reklama avtomatik o'chiriladi.
- Noto'g'ri o'chgan reklamani Dashboard'dagi "Qayta yoqish" tugmasi bilan yoqing — unga 7 kun tegilmaydi.
6Avtopilot (AI target)
Targetolog- Avtopilot → "Yangi kampaniya". AI bir nechta savol beradi (maqsad, byudjet, hudud).
- AI reja tuzadi: auditoriya, byudjet, matn. Tekshirib, kerak bo'lsa tahrirlang.
- "Meta'ga nashr qilish" — kampaniya PAUZADA yaratiladi, pul sarflanmaydi. Ads Manager'da tekshirib, "Faollashtirish"ni o'zingiz bosasiz.
7Kreativ studiya
Targetolog- Kreativ studiya → shablon tanlang (1:1, 4:5, 9:16). Brend ranglari va logotip avtomatik qo'yiladi.
- Matn, narx va tugmani yozing — AI faqat fonni chizadi, matn aniq va o'qiladigan bo'ladi.
- Karusel: 3–6 karta, 6 xil uslub; ZIP qilib yuklab olasiz.
8Raqobatchilar tahlili
Hammaga- Raqobatchilar → Instagram tahlil. Username yozing (vergul bilan 5 tagacha): masalan dunyabunya, buxoro_maktabi.
- So'nggi 12–30 post bo'yicha o'rtacha like, komment, video ko'rishlar, ER va post chastotasi; eng yaxshi ko'rsatkich yashil.
- "Ad Library'da ko'rish" — raqobatchining hozirgi reklamalari, matni, rasmi va qachondan ishlayotgani (Meta rasmiy sahifasi).
- Faqat ochiq Business/Creator akkauntlar ko'rinadi; buning uchun o'z Instagram'ingiz ulangan bo'lishi kerak.
9Menejerlar KPI va bonus
Biznes egasi- Sozlamalar → Umumiy → "KPI va bonus qoidalari": oklad, xarid bonuslari, foiz, oylik reja, sotuv va oborot bosqichlari.
- Analitika → KPI: har menejerning shu oydagi oyligi, bonuslari va keyingi bosqichgacha qancha qolgani.
- Oy o'rtasida ishga kirgan menejerga reja avtomatik kamaytiriladi (ishlagan kunlariga qarab).
10Tarif va to'lov
Biznes egasi- Sozlamalar → Tarif va to'lov. Har tarif yonida dollar va Payme yechadigan so'm summasi yozilgan.
- Payme kartasini ulasangiz har oy avtomatik to'lanadi; yoki karta orqali o'tkazib "To'lov qildim" bosasiz.
- Tarifni istalgan vaqtda oshirish mumkin; ma'lumotlaringiz saqlanib qoladi.